![]()
O‘zbekistonda keng ko‘lamli “Xalqchil IPO” (Initial Public Offering – birlamchi ommaviy joylashtirish) dasturi ishga tushirildi, ushbu dastur doirasida aholiga ayrim davlat kompaniyalarining aksiyalarini sotib olish imkoniyati taqdim etilmoqda.
“Xalqchil IPO” dasturida ishtirok etish orqali O‘zbekiston fuqarolari quyidagi ikki usul yordamida o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
Shubhasiz, IPO o‘tkazayotgan kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishda daromadlilikka erishish kafolatlanmaydi va bu narsa ma’lum tavakkalchiliklarni o‘z ichiga oladi (kompaniya kelgusida dividendlar to‘lash uchun zarur bo‘lgan daromadga ega bo‘lishini xuddi fond bozorida aksiyalar narxining o‘zgaruvchanligini oldindan aniqlash mushkulligi singari kafolatlay olmaydi). Shu bilan birga, “Xalqchil IPO” dasturi fuqarolarga minimal boshlang‘ich summa bilan ham sarmoya kiritishni boshlash uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Shuni ta’kidlash joizki, 2023 yilning 1 oktyabridan boshlab, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi (ayrim korxonalarning esa –50 foizdan 1 kam bo‘lmagan sof foydasi) kamida yetti yil 2 davomida dividend to‘lashga yo‘naltiriladi. Shu yo‘sinda, aksiyadorlarga ushbu korxonalar aksiyalarini sotib olishda, agar kompaniya faoliyati ko‘rsatilgan muddatda daromad keltirgan taqdirda, dividendlar olish kafolatlanadi.
“Xalqchil IPO” dasturi doirasida aksiyalarni sotib olayotganda, fuqarolar zimmasiga qanday soliq majburiyatlari yuklatiladi? Quyida ayni shu yo‘nalishda eng ko‘p uchraydigan savollarga to‘xtalib o‘tamiz:
1) Fond birjasida aksiyalarni sotishda O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi?
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda belgilangan tartibda yig‘im to‘lanadi. Sotuvchining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim bo‘yicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi 3.
Aksiya emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi. Jismoniy shaxslar fond birjasida aksiyalarni sotishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yig‘im to‘laydilar. Bunda tuzilgan bitim bo‘yicha olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.
2) Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan olingan dividendlar daromad solig‘iga tortiladimi?
Aholi tomonidan qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritilishini rag‘batlantirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan 2028 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining aksiyalari bo‘yicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar daromad solig‘idan ozod qilinadi.4 2028 yil 31 dekabrgacha hisoblangan dividendlarni oladigan jismoniy shaxslar ushbu daromadlar bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod qilinadilar.
Imtiyozli muddat tugaganidan keyin ko‘rsatilgan daromadlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
3) Fond birjasida aksiyalarni sotib olish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarga quyidagi soliq imtiyozlari taqdim etiladi:
Misol: Kompaniyaning xodimi shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochdi. Xodim keyingi 2 yil davomida har oyda 2 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga o‘tkazishni rejalashtiradi. Quyidagi shartlarga amal qilinayotganligi uchun ko‘rsatilgan miqdor soliqqa tortilmaydi:
1 Davlat ulushlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya fondi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun beriladigan korxonalar va tijorat banklari ro‘yxatiga kiritilgan korxonalar.
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–291-sonli qarori.
3 “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi.
4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2022 y. PQ-90-son "Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori.