Bu O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalari aksiyalari faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taklif etiladigan jarayondir.
Aksiya bu — egasiga kompaniyani boshqarishda ishtirok etish va foydaning bir qismini olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz. Aksiyani sotib olganingizda, mantiqan, siz kompaniyaning bir qismiga ega bo‘lasiz. Aksiyani sotib olganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar qog‘oz ko‘rinishida saqlanmaydi, darhol yirik elektron tizimga o‘tkaziladi. Shu tariqa aksiyalarni sotib olishingiz davlat darajasida xavfsiz bo‘ladi.
— Voyaga yetgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
— O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar. Oddiy aytganda, O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan har bir fuqarosi Xalq IPO‘si dasturi aksiyalarini sotib olish huquqiga ega.
Ha, Xalq IPO‘si yangi investorlarga qaratilgan, shuning uchun jarayon imkon qadar sodda va aniq tashkil etilgan. Aksiyalarni sotib olish bo‘yicha batafsil ma’lumotni ushbu saytdan olishingiz mumkin.
Aksiyalarga egalik qilish kompaniya hayotida ishtirok etish, kompaniyaning rivojlanishi va o‘sishi hisobiga daromad olish, masalan, foydadan yillik to‘lovlar – dividendlar yoki aksiyalarning narxini oshirish imkonini beradi. Bu kelajak uchun moliyaviy poydevor qo‘yish va investitsiyalarga yaqinlashish imkoniyatidir.
Ha, investitsiyalar har doim ma’lum bir xavf-xatarlar bilan tutash keladi: qimmatli qog‘ozlar narxi tushib ketishi va kompaniya bankrot bo‘lishi mumkin. Shuning uchun investitsiyalaringizni himoya qilish uchun faqat bitta kompaniyaning aksiyalari bilan cheklanmaslik tavsiya etiladi.
Biroq Xalq IPO‘si uchun eng yetakchi kompaniyalar tanlab olingan. Bundan tashqari, Xalq IPO‘sida ishtirok etish uchun kompaniyalar saralanadi, ularning aksariyati mamlakat ichidagi faoliyatidan daromad oladi, ya’ni ular jahon bozorlaridagi vaziyatga bog‘lanib qolmagan.
Aksiyalarga ega bo‘lish orqali 2 yo‘l bilan daromad olishingiz mumkin:
1) Aksiyalar qimmatlashganda ularni sotish
2) Aksiyalarni sotmasdan, ushlab turish va dividendlar olish.
Shu bilan birga, aksiyalarni istalgan vaqtda sotib, pul ishlashingiz, agar xaridor chiqsa yoki aksiyalarni sotmasdan ushlab tursangiz, bank kartangizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dividend olishingiz va kerakli xaridlarga sarflashingiz yoki investitsiya qilishingiz mumkin.
Ha, siz aksiyalarni o‘zingiz uchun sotib olishingiz va ularni boshqalar nomiga rasmiylashtirishingiz mumkin. Shuningdek, siz turli xil aksiyalarni sotib olib, ularni ushlab turish orqali farzandlaringiz uchun investitsiya portfelini yaratishingiz ham mumkin, shunda ularni kelajakda farzandingizga yoki boshqa yaqiningizga topshirishingiz mumkin.
Investorlar muayyan yuqori daromad tufayli birlamchi ommaviy takliflarda bajonidil ishtirok etadi. Odatda, kompaniya ularga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun aksiyalarni birjaga chegirma bilan chiqaradi. Shuning uchun, IPO‘dan keyingi dastlabki kunlarda qimmatli qog‘ozlar ko‘pincha qimmatlaydi.
Investitsiyaviy tavsiyalar malakali mutaxassislar, ya’ni brokerlar tomonidan berilishi mumkin. O‘zbekistonda brokerlar rasman investitsiya vositachisi deyiladi. Broker bilan shartnoma tuzganingizdan so‘ng, ulardan tavsiyalar olishingiz mumkin.
Aksiyalarning narxi professional maslahatchilar/anderrayterlar tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali va Road Shou davomida barcha fuqarolarga yetkaziladi.
Buning uchun yangiliklarni kuzatib boring. Xalq IPO‘si www.xalqchilipo.uz va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining www.davaktiv.uz saytlarida, shuningdek, OAVda xabar qilinadi.