Shrift:

-A

+A

Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish: panelni yashirish:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:

Ру Uz
Ру Uz
Xalqchil IPOYangiliklarO‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi...
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi "Xalqchil IPO" dasturi doirasida aholiga taklif etilgan birinchi kompaniya bo‘ladi

Bugun Toshkentda Cbonds konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda, unda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv agentligi) vakili Alisher Miraliyev ishtirok etdi. U o‘z nutqi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatdagi yirik kompaniyalarning aksiyadorlari bo‘lish imkoniyatini ochadigan muhim davlat dasturi - "Xalqсhil IPO"si haqida gapirdi.


A. Miraliyev O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) aksiyalarini dastur doirasida aholiga taklif qiladigan birinchi kompaniya bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u dasturning strategik maslahatchisi sifatida KPMG xalqaro kompaniyasi, O‘zRTXB SPO uchun anderrayter sifatida esa KAP DEPO va Satori kompaniyalari konsorsiumi tanlanganini ta’kidladi.


"Xalqchil IPO" dasturi aksiyalarni sotib olishni aholining keng qatlamlari uchun qulay qilish, har bir kishiga mamlakat iqtisodiy o‘sishida ishtirok etish imkoniyatini berishga qaratilgan. O‘z nutqi doirasida Davaktiv agentligi vakili amalga oshirilgan ishlar va kelgusida aksiyalari taklif etiladigan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar haqida ham so‘zlab berdi.