![]()
14 oktyabr kuni Andijonda Xalqchil IPO doirasida Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) va E-auksion platformasi mutaxassislari ma’ruza qilishdi. Taqdimotda mutaxassislar Xalqchil IPO dasturining maqsadlari, UZEX birjasining asosiy moliyaviy natijalari va uning investorlar uchun ahamiyati bilan bo‘lishdilar, shuningdek, aksiyalarni sotib olish uchun ariza topshirish usullarini ko‘rsatib o'tdilar.