![]()
Aksiyalar va sarmoyalar haqida gapirganda, ko‘pincha "dividendlar" so‘zi quloqqa chalinadi. Xo‘sh, dividendlar nima va ular qanday ishlaydi? Keling, buni oddiy so‘zlar bilan tushuntirishga harakat qilaylik.
Dividendlar nima?
Dividendlar kompaniya foydasining bir qismi bo‘lib, u kompaniya aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Sodda qilib aytganda, agar siz kompaniyaning aksiyalariga ega bo‘lsangiz, kompaniya daromadining bir qismini pul mablag‘lari shaklida olishingiz mumkin. Ushbu jihat kompaniyaning aksiyalariga egalik qilish uchun o‘ziga xos "mukofot" sanaladi.
Dividendlar qanday ishlaydi?
Kompaniya daromad topganida, uning aksiyadorlari daromadni qanday taqsimlash masalasini hal qiladi. Pul mablag‘larining bir qismi biznesni rivojlantirish, masalan yangi filiallar ochish yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflanishi mumkin. Boshqa muayyan bir qismi esa aksiyadorlar uchun dividendlar to‘loviga yo‘naltirilishi mumkin.
Dividendlar har bir aksiya uchun to‘lanadi. Masalan, agar Sizda kompaniyaning 10 ta aksiyasi bo‘lsa va kompaniya har bir aksiya uchun 1000 so‘mdan dividend to‘lashga qaror qilsa, siz 10 000 so‘m daromadga (1000 so‘m x 10 ta aksiya) ega bo‘lasiz.
Dividendlar qanday muddatlarda to‘lanadi?
Dividendlarni to‘lash muddatlarini belgilash kompaniyaga bog‘liq hisoblanadi. Ayrim kompaniyalar har chorakda (ya’ni, har uch oyda), ayrimlari - har olti oyda yoki yilda bir marta dividend to‘lovlarini amalga oshiradilar. Bundan tashqari, kompaniya agar unga rivojlanish uchun ko‘proq mablag‘ zarur bo‘lsa, vaqtincha dividendlar to‘lamaslikka qaror qilishi mumkin.
Dividendlarni kim oladi?
Dividendlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda kompaniya aksiyalariga ega bo‘lgan aksiyadorlarga beriladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, barcha kompaniyalar ham dividendlar to‘lamaydi. Misol uchun, faol rivojlanayotgan va barcha resurslarini rivojlanishga sarflayotgan kompaniyalar umuman dividend to‘lamasligi mumkin. Ular daromadlarini kompaniyani rivojlantirish uchun yo‘naltirishni afzal ko‘radilar, bu esa kelgusida aksiyalar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Kompaniyalar nima sababdan dividendlar to‘laydilar?
Kompaniyalar bir necha sabablarga ko‘ra dividendlar to‘laydi:
Dividendlarning qanday turlari mavjud?
Dividendlar turli xil bo‘lishi mumkin:
Kompaniya dividendlar to‘lash-to‘lamasligini qayerdan bilish mumkin?
Odatda, dividendlarni to‘lash haqidagi ma’lumot kompaniya veb-saytlarida yoki yangiliklarda e’lon qilinadi. Shuningdek, qaysi kompaniyalar dividendlarni to‘lashi va ularning to‘lov tarixi qanaqa ekanligini bilish uchun o‘z brokeringizga murojaat qilishingiz mumkin.
Barcha kompaniyalar ham dividend to‘lamaydi. Yangi tashkil etilgan kompaniyalar yoki faol rivojlanish davrida bo‘lgan kompaniyalar hech qanday dividend to‘lamasligi mumkin, chunki ular o‘zlarining barcha daromadlarini kompaniyani rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltiradilar.
Demak, dividendlar aksiyalar narxi o‘zgarmasa ham, daromad olishning ajoyib usuli hisoblanadi. Kompaniyalar o‘z daromadlarini aksiyadorlar bilan bo‘lishadi va agar Siz aksiyalarga sarmoya kiritishga qaror qilsangiz, bu sizning daromadingizning muhim qismi bo‘lishi mumkin.