![]()
26-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston kapital bozori uchun muhim voqealardan biri - "Xalqchil IPO (Ay Pi O)" dasturi doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (O‘zRTXB) aksiyalarini ommaviy joylashtirish boshlanishiga bag‘ishlangan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiyasi YouTube orqali uzatildi.
Tadbirda 30 yildan buyon mamlakatimiz bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutib kelayotgan O‘zRTXBni rivojlanishining asosiy jihatlari hamda uning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollari taqdim etildi.
Bundan tashqari, tadbirda ma’ruzachilar “Xalqchil IPO” dasturining O‘zbekiston kapital bozori uchun ahamiyati, mavjud ommabop elektron platformalar orqali ariza topshirish imkoniyatlari va tartiblari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, taqdimot davomida bitim parametrlari tafsilotlari oshkor qilindi. O‘z navbatida, ishtirokchilar O‘zRTXBning moliyaviy istiqbollari va dividend siyosati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Quyidagi havola orqali taqdimotni ko'rishingiz mumkin: Roadshow taqdimoti.